Iqtisodiyot

Ozarbayjon xalqaro banki Davr Bank aksiyalarining 51 foizini sotib oldi

Ozarbayjon xalqaro banki Davr Bank aksiyalarining 51 foizini xarid qildi

Ozarbayjon xalqaro banki (ABB) Davr Bank aksiyalarining nazorat paketini, ya’ni 51 foizini 1 trln 646 mlrd so‘mga, taxminan 140 mln dollarga sotib oldi. Bu haqda “Toshkent” Respublika fond birjasi ma’lumotlariga tayanib Spot xabar berdi.

Birja ma’lumotlariga ko‘ra, bitim 10-sentyabr kuni oltita ketma-ket tranzaksiya ko‘rinishida amalga oshirilgan. ABB jami 51 mln dona oddiy aksiyani har bir qimmatli qog‘oz uchun 32 281,28 so‘mlik yagona narxda xarid qilgan.

Ozarbayjon ABB banki Davr Bank’ning 51 foiz ulushini sotib olish niyatida ekani 2026-yil may oyida ma’lum bo‘lgandi. 23-avgust kuni esa Ozarbayjon xalqaro bankining Davr Bank’dagi ulushni sotib olish jarayonini yakunlagani e’lon qilindi.

Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, Davr Bank xususiy aksiyadorlik tijorat banki 2001-yil 29-sentyabrda davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lib, uning ustav fondi 500 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Ozarbayjon xalqaro banki — ABB 1992-yil 10-yanvarda aksiyadorlik tijorat banki sifatida faoliyatini boshlagan. Bankning bosh ofisi Baku shahrida joylashgan bo‘lib, u Janubiy Kavkaz mintaqasidagi yirik banklardan biri hisoblanadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.