Oxirgi 9 yil ichida Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasidagi savdo hajmi 4 barobarga oshdi
2016–2025-yillarda Oʻzbekistonning Hindiston bilan tovar ayirboshlash hajmi 4 barobarga oʻsib, 1,3 mlrd dollarga yetdi. Eksport 4,9 barobarga oʻsib, 164,8 mln dollarni tashkil etgan boʻlsa, import 4 barobarga oʻsib, 1,1 mlrd dollargacha oshgan.

Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasidagi savdo hajmi soʻnggi toʻqqiz yil ichida toʻrt barobarga koʻpaydi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasidagi savdo aloqalarining yillar davomida qanday rivojlanganini tahlil qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, 2016-yildan 2025-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekistonning Hindiston bilan tovar ayirboshlash hajmi 4 barobarga oshib, 1,3 milliard dollarga yetdi. Eksport 4,9 barobarga oʻsib, 164,8 million dollarni tashkil etgan boʻlsa, import 4 barobarga koʻpayib, 1,1 milliard dollargacha yetdi.
Hisobot davrida Hindistondan Oʻzbekistonga kiritilgan umumiy investitsiyalar hajmi 587 million dollardan oshdi.
Hozirgi vaqtda mamlakatda Hindiston kapitali ishtirokidagi 439 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi 29-30-avgust kunlari davlat tashrifi bilan Toshkentga keladi.

