Ovqatlanishdan so‘ng darhol choy yoki kofe ichish organizmda temir moddasining yuvilib ketishiga sabab bo‘ladi — tadqiqot

Ovqatdan keyin darhol choy yoki kofe ichish temirning organizmdan “yuvilib ketishi”ga olib keladi — tadqiqot
Organizmda temir tanqisligi ko‘pincha kundalik hayotdagi bitta zararli odat oqibatida yuzaga keladi. Shifokorlar va parhezshunoslar ogohlantirishicha, tushlik yoki kechki ovqatdan so‘ng darhol choy yoki kofe ichish salomatlikka jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Temir inson salomatligi uchun eng muhim minerallardan biridir. U qon hosil bo‘lish jarayonida faol qatnashadi, to‘qimalarni kislorod bilan ta’minlaydi va immunitetni mustahkamlaydi. Ammo noto‘g‘ri ovqatlanish tartibi sababli, hatto sifatli taomlardan ham organizm yetarli miqdorda temir ololmasligi mumkin.
Ovqatdan keyin choy va kofe ichish temirning organizmda so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi.
Bu ichimliklar tarkibida polifenol va tanninlar mavjud. Ular ovqat bilan birga kirgan temirni bog‘lab oladi va uning ichaklarda so‘rilishiga yo‘l bermaydi.
Ayniqsa, o‘simlik mahsulotlari — grechka va dukkakli sabzavotlar tarkibidagi temir allaqachon qiyin so‘rilgani uchun, choy va kofe bu jarayonni yanada murakkablashtiradi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, ovqatdan so‘ng darhol ichilgan 1 stakan choy temir so‘rilishini 60 foizga, kofe esa 40 foizgacha kamaytiradi.
Agar salomatligingiz haqida qayg‘ursangiz, choy yoki kofeni ovqatdan 1–1,5 soat o‘tgach iching, shu vaqtgacha esa oddiy suv yoki kofeinsiz damlamalar bilan cheklanganingiz ma’qul.

