OTMlarda kontrakt to‘lash muddati noyabrgacha uzaytirildi
Belgilangan muddatga qadar bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa

OTMlardagi kontrakt to‘lovlari muddati noyabrgacha cho‘zildi
2026/2027 o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 1-noyabrga qadar uzaytirildi. Bu haqda Ta’lim va ilm-fan vazirligi ma’lum qildi.
Mazkur muddat bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda o‘qishga qayta tiklangan talabalarga tegishli.
Belgilangan muddatgacha bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa kamida 50 foizi to‘lanishi kerak.
Avvalroq pedagog xodimlarning farzandlari uchun 30 foizlik imtiyoz e’lon qilingandi.

