Mahalliy

OTMga kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha apellyatsiya berish boshlandi

OTM imtihonlari natijalaridan norozi abituriyentlar uchun apellyatsiya jarayoni boshlandi.

Bilimni baholash agentligining ma’lum qilishicha, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijalaridan qoniqmagan abituriyentlar 15-avgustdan 24-avgustgacha onlayn tarzda apellyatsiya arizasini topshirishlari mumkin.

Apellyatsiya arizalari my.uzbmb.uz saytidagi abituriyentning shaxsiy kabineti orqali qabul qilinadi. Arizani topshirish uchun abituriyent test sinovlarida ishtirok etgan va undan chetlatilmagan bo‘lishi shart.

Ariza bergan abituriyentlarga apellyatsiyani ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma yuboriladi. Abituriyent belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga yoki xabarnomada ko‘rsatilgan manzilga kelishi lozim.

Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish ishlari 19-avgustdan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari 15-avgust kuni soat 08:00 da e’lon qilingan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.