Otlar soni boʻyicha Oʻzbekiston dunyoda 30-oʻrinni egallab turibdi
31 avgustdan 6 sentyabrgacha Qirgʻizistonda boʻlib oʻtgan VI Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlaridan soʻng otlarga boʻlgan eʼtibor yana kuchaydi. Sport dasturi 40 dan ortiq sport turi va yoʻnalishlarini oʻz ichiga oldi. Yoʻnalishlarning salmoqli qismi otlar ishtirokida oʻtkazildi. Sportchilar koʻkboʻri va koʻkpar, ot poygasi, uzoq masofaga ot chopish marafoni va er-enish, turli milliy kurash turlari boʻyicha kuch sinashdilar. Eng katta muvaffaqiyatlarga […] erishdilar.

Otlar soni boʻyicha Oʻzbekiston dunyoda 30-oʻrinni egallab turibdi
31 avgustdan 6 sentyabrgacha Qirgʻizistonda boʻlib oʻtgan VI Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlaridan soʻng otlarga boʻlgan qiziqish yana ortdi. Sport dasturiga 40 dan ortiq sport turi va yoʻnalishlari kirdi. Ularning salmoqli qismi otlar ishtiroki bilan bogʻliq edi. Sportchilar koʻkboʻri va koʻkpar, ot poygasi, uzoq masofaga ot chopish marafoni va er-enish, shuningdek, turli milliy kurash turlari boʻyicha bellashdilar.
Eng yuqori natijalarga Qozogʻiston va Qirgʻiziston sportchilari erishdilar. Qozogʻiston Turizm va sport vazirligi maʼlumotlariga koʻra, qozogʻistonliklar joriq (uzoq masofaga ot poygasi), tenge ilu va boshqa yoʻnalishlarda eng yaxshi natijalarni koʻrsatdilar.
Mamlakatning bunday muvaffaqiyatlarga erishishiga, jumladan, Qozogʻiston oʻz koʻchmanchi ajdodlari anʼanalari va madaniyatini hurmat qilishi hamda koʻp yillardan buyon yilqichilikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlab kelayotgani yordam berdi.
Bir necha yildan buyon Qozogʻiston otlar soni boʻyicha jahon reytingida toʻrtinchi oʻrinni saqlab kelmoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) maʼlumotlariga koʻra, 2024 yil yakunlari boʻyicha ushbu hayvonlar eng koʻp boʻlgan beshta davlat qatoriga Meksika (6,4 mln bosh), Braziliya (5,7 mln bosh), Moʻgʻuliston (4,7 mln bosh), Qozogʻiston (4,4 mln bosh) va Xitoy (3,5 mln bosh) kirdi.
Xalqaro tashkilot statistikasiga koʻra, Qozogʻiston Respublikasi Markaziy Osiyoda otlar soni boʻyicha yaqqol yetakchi hisoblanadi. Boshqa mamlakatlar sezilarli darajada orqada qolmoqda.
Xususan, Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlarini oʻtkazish tashabbuskori boʻlgan Qirgʻiziston dunyoda atigi 17-oʻrinni egallab turibdi. 2024 yilda Qirgʻizistonda otlar soni bor-yoʻgʻi 553,5 ming boshni tashkil etdi. Oʻzbekiston 30-oʻrinda (283 ming bosh), Tojikiston esa 51-oʻrinda (92 ming bosh) qayd etildi. Markaziy Osiyodagi eng past koʻrsatkich Turkmanistonda: 27,6 ming bosh.
Chorvachilikning ushbu tarmogʻi rivojlanishida qoʻshni davlatlar oʻrtasida bunday katta farq mavjudligining sabablari talaygina. Obʼyektiv va eng yaqqol sabablardan biri — hududiy jihatdan katta farqlardir. Qozogʻistonning umumiy maydoni 2,7 mln kv. km dan oshadi.
Qozogʻistonning Markaziy Osiyoda otlar sonining oʻsishi boʻyicha yetakchiligining boshqa sabablari qatoriga chorvachilikning ushbu sektorini muntazam moliyalashtirish kiradi. Bunday investitsiyalar nafaqat otlar sonini koʻpaytirish, balki obʼyektlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va modernizatsiya qilish, shuningdek, texnika, asbob-uskunalar va transport vositalarini sotib olish uchun ham muhimdir.
2020 yilda yilqichilik sohasida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 3,5 mlrd tengeni tashkil etgan boʻlsa, ikki yil ichida ular ikki baravar koʻpaydi. Investitsiyalar oqimi keskin oshib, 49 mlrd tengega yetgan 2023 yil eng yuqori koʻrsatkich qayd etilgan davr boʻldi.

