Sport

Otabek Shukurov faoliyatini Serbiyada davom ettiradi

30 yoshli futbolchi oliy divizion klubi «Radnik» bilan shartnoma imzoladi.

Otabek Shukurov faoliyatini Serbiyada davom ettiradi

Serbiyaning «Radnik Surdulitsa» futbol klubi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurovning transferini eʼlon qildi.

Bundan avval 30 yoshli futbolchi «Baniyas» (BAA) klubida toʻp surgan edi. Oʻtgan mavsum yakunida klub yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirmadi, shu sababli Shukurov erkin agent maqomini oldi.

«Radnik» bilan tuzilgan shartnomaning amal qilish muddati va moliyaviy shartlari oshkor etilmayapti.

10-turdan keyin «Radnik» 14 ochko bilan Serbiya chempionatida yettinchi oʻrinda bormoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.