Sport

Osiyo oʻyinlari kundaligi. Kurashda ikki oltin

Kurash boʻyicha musobaqada yarimfinal bahsi oʻzbekistonlik kurashchilar dueliga aylandi. Shuningdek, oʻzbekistonlik bokschilardan uch nafari yarimfinal masalasini hal qildi.Osiyo oʻyinlari arafasida sport fuqaroligini oʻzgartirib, Oʻzbekiston nomidan qatnashgan Anastasiya Baxtireva va Violetta Yevenko (har ikkisi ham Yevropa chempionlari) sinxron suzish boʻyicha musobaqada natija koʻrsata olmadi.

Osiyo oʻyinlari kundaligi. Kurashda ikki oltin

27-sentabr kuni Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari 2026-yilgi Osiyo oʻyinlarida 13 ta sport turida qatnashdi. Kun yakunida 2 ta oltin va 2 ta bronza medal qoʻlga kiritildi.

Bugungi bellashuvlarda Oʻzbekiston kurash jamoasining 4 nafar vakili gilamga chiqdi.

Ibodatxon Agojonova dastlabki bosqichda qozogʻistonlik Rauza Nurmaxamedovani magʻlub etdi (3:0), chorak finalda yaponiyalik Demura Karendan ustun keldi (5:0), yarimfinalda esa Yaponiyaning yana bir vakili Kuroki Natsumi bilan kurashib, uni ham yengdi (10:0). Finalda Xitoy Taypeyi vakili Li Vang-Tingni ham taslim etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Fotima Qodirova esa saralash bosqichida vetnamlik Pam Nguyen Hong Moni magʻlubiyatga uchratdi (5:0), nimchorak finalda qozogʻistonlik Zarina Saripovani yengdi (3:0), biroq chorakfinalda keyinroq Agojonovaga yarimfinalda yutqazgan yaponiyalik Kuroki Natsumi toʻsigʻidan oʻta olmadi (0:5).

Bekmurod Oltiboyev ishtirokini chorakfinaldan boshladi va moʻgʻulistonlik Durenbayar Ulzibayarning kuragini yerga tekkizdi (1:0), ammo yarimfinalda oʻzbekistonlik boshqa bir kurashchi Shohruxxon Baxtiyorovga yutqazdi (0:3) va bronza bilan kifoyalandi.

Shohruxxon Baxtiyorov hal qiluvchi bahsda tojikistonlik Shakarmamad Mirmamadov ustidan gʻalaba qozonib (5:0), Osiyo oʻyinlari chempioni unvonini oldi.

Oʻzbekiston boks jamoasi bugungi dasturda ham yoʻqotishlarga uchradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.