Osiyo o‘yinlari: Taxmina Ikromova O‘zbekistonga 21-oltin medalni taqdim etdi
Yaponiyada o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida badiiy gimnastika bo‘yicha Taxmina Ikromova oltin medalga ega chiqdi. Uch karra Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘lgan sportchi O‘zbekiston hisobiga 21-oltin medalni olib keldi.

Osiyo o‘yinlari: Taxmina Ikromova O‘zbekistonga 21-oltin medalni olib keldi
Aichi-Nagoyada davom etayotgan Osiyo o‘yinlarida badiiy gimnastikachi Taxmina Ikromova oltin medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik sportchi yakkalik ko‘pkurash finalida ishtirok etib, 112.950 ball bilan chempionlikni qo‘lga oldi. Ushbu oltin medal bilan Ikromova Osiyo o‘yinlarida uchinchi bor g‘olib bo‘ldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasining oltin medallari soni 21 taga yetdi.

