Osiyo o‘yinlari: Bokschi To‘rabek Xabibullayev O‘zbekiston hisobiga yana bir oltin medal qo‘shdi
Osiyo o‘yinlari doirasida boks bo‘yicha -90 kg vazn toifasida To‘rabek Xabibullayev oltin medalni qo‘lga kiritdi. U xitoylik Xan Syuechjenni 5:0 hisobida yengdi. O‘zbekiston hisobidagi oltin medallar soni 17 taga yetdi.

Osiyo o‘yinlari: Bokschi To‘rabek Xabibullayev O‘zbekiston hisobiga yana bir oltin medal qo‘shdi
Yaponiyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik bokschi To‘rabek Xabibullayev oltin medalni qo‘lga kiritdi.
U -90 kg vazn toifasining final bahsida xitoylik Xan Syuechjenga qarshi ringga chiqdi va hakamlar qaroriga ko‘ra, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
“Eng birinchi o‘rinda yurtimiz bayrog‘i tepaga ko‘tarildi va prezidentimiz ishonchini oqladik. Buning uchun xursandman. O‘tgan safar bronza medal bo‘lgandi. Dadamga va’da bergandim, „Dadajon, Xudo xohlasa, keyingisi oltin medal bo‘ladi“, deb. Bergan va’damni bajardim, oltin medalga erishdim”, — deydi jangdan keyin Xabibullayev.
Shu tariqa, O‘zbekiston hisobidagi oltin medallar soni 17 taga yetdi.

