Layfstayl

“O‘sha duetni kuylaganimdan afsuslanganman” — Davron Ergashev Yulduz Usmonovadan xafa bo‘lgani haqida

Davron Ergashev Yulduz Usmonova bilan duet kuylaganidan afsusda ekanligini bildirdi.

Xonanda Davron Ergashev “Mening yurtim” telekanalining “Omon-omon” dasturida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova bilan ijro etgan dueti va shu qo‘shiq tufayli undan ko‘ngli qolgani haqida so‘zlab berdi.

Ergashevning aytishicha, duetni kuylashdan avval Shahnoz va Yulduz Usmonovaning o‘zlari uni uyiga taklif qilishgan. “Kechasi soat birda qo‘ng‘iroq qilib Yulduz opaning uyiga chaqirishgan. Borsam, Shahnoz, Ravil Gimazutdinov, Yulduz opa o‘tirishibdi. O‘sha payt, 2005-yillarda “Mario” va yana bir nechta qo‘shiqlarim bilan mashhur bo‘lgan paytlarim edi. Ularning taklifidan xursand bo‘lib bunga rozi bo‘lganman va qo‘shiq uchun g‘oyalar ham o‘ylaganmiz”, — dedi xonanda.

Oradan uch-to‘rt yil o‘tgach, Ergashev avtomobilda ketayotib radiodan Yulduz Usmonovaning so‘zlarini eshitib qolgan. Boshlovchi Dilmurod G‘ulomov Usmonovaning duetlari haqida savol berib, oxirgisi haqida so‘raganida, Yulduz Usmonova: “Eshigimning tagiga kelib, yotib olgandan keyin yo‘q demadim-da”, — degan. Davron Ergashevning ta’kidlashicha, aslida Yulduz Usmonovaning o‘zlari uni uyiga chaqirtirgan. “Men yalinib bormaganman, ularning taklifiga rozi bo‘lganman. O‘shandan keyin xafa bo‘lib qolganman. Keyinchalik o‘sha duetni kuylaganimdan afsuslanishimni aytganman”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Xonanda shuningdek, Ziyoda, Rayhon, Shahnozga birga duet aytish taklifi bilan o‘zi chiqqanini aytdi. Hatto Shahnoz bilan ikki marta duet kuylaganini va xonandalar bilan ijro etgan barcha duetlari ommalashganini ta’kidladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.