«Orol-Gobi»: Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston yerlar degradatsiyasi va choʻllanishga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirmoqda
Oʻzbekiston Prezidentining ekologiya masalalari boʻyicha maslahatchisi – Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov Moʻgʻuliston atrof-muhit va iqlim oʻzgarishi vaziri S. Sandag-Ochir bilan uchrashuv oʻtkazdi. Muzokaralar davomida tomonlar atrof-muhitni muhofaza qilish, degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash hamda har ikki mamlakat duch kelayotgan iqlim oʻzgarishlariga, jumladan, qurgʻoqchiliklarga moslashish sohasida hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildilar, […]

«Orol-Gobi»: Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston yerlar degradatsiyasi va choʻllanishga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirmoqda
Oʻzbekiston Prezidentining ekologiya masalalari boʻyicha maslahatchisi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi boʻyicha milliy qoʻmita raisi Aziz Abduhakimov Moʻgʻuliston atrof-muhit va iqlim oʻzgarishi vaziri S. Sandag-Ochir bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muzokaralar davomida tomonlar atrof-muhitni muhofaza qilish, degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash va har ikki mamlakat duch kelayotgan iqlim oʻzgarishlariga, jumladan, qurgʻoqchilik, yaylovlar degradatsiyasi hamda qum-changa boʻronlariga moslashish sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalarini koʻrib chiqdilar.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha «Qurgʻoqchil yerlar ekotizimlarini tiklash va qum-changa boʻronlarini kamaytirish boʻyicha «Orol-Gobi» sherikligi» tashabbusini birgalikda ishlab chiqish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi. Birinchi bosqichda Oʻzbekiston va Moʻgʻulistonda sinov tariqasidagi hududlarni belgilash, ishning ustuvor yoʻnalishlarini baholash hamda Yashil iqlim jamgʻarmasi, Global ekologik jamgʻarma, Jahon banki va boshqa xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb qilish uchun aniq loyiha takliflarini tayyorlash rejalashtirilgan. Bundan tashqari, hamkorlikning alohida yoʻnalishi sifatida Markaziy Osiyo va Moʻgʻulistonda yer resurslarini boshqarish boʻyicha loyihalarni tayyorlash mexanizmini (CA+M Land PPF) tashkil etish koʻzda tutilgan boʻlib, u investitsiyalarga tayyor ekologik tashabbuslarni ishlab chiqish uchun amaliy vositaga aylanadi.

