Layfstayl

Original atirni qalbakisidan farqlashga yordam beradigan oltita layfhak

Asl atirni qalbakisidan farqlashga yordam beradigan oltita maslahat

Parfyumeriya xarid qilayotganda, uning yuqori sifatli va xushbo‘y hidi uzoq vaqt saqlanib qolishini istaymiz, ammo ba’zida noto‘g‘ri tanlov bu umidlarni puchga chiqarishi mumkin.

**Qadoqni sinchiklab ko‘zdan kechiring**

Birinchi navbatda qadoqni diqqat bilan tekshirish lozim. Soxta parfyumeriya ishlab chiqaruvchilar huquqiy muammolardan qochish uchun shriftni, dizaynni yoki atir nomidagi bir yoki ikkita harfni biroz o‘zgartirishi mumkin.

**Flakonga e’tibor bering**

Soxta atirni flakon dizayni orqali osongina aniqlash mumkin. Fabbon portalining yozishicha, masalan, soxta atir ishlab chiqaruvchilar nom, logotip va boshqa ma’lumotlarni yozishda ko‘pincha past sifatli bo‘yoqlardan foydalanadi, ularni tirnab osongina o‘chirish mumkin. Haqiqiy atirlarning flakoni esa butunlay silliq va yuqori sifatli bo‘ladi.

**Quti ichidagi karton**

Parfyumeriya ishlab chiqaruvchilar qadoqlash sifatiga ham ko‘p mablag‘ sarflashni istamagani sababli, quti ichidagi karton konstruksiyasi ham farq qiladi. Original atir qutisida flakon qadalib qolmasligi uchun “origami” uslubida yaratilgan silliq oq rangdagi kartonni topishingiz mumkin.

**Shtrix-kod va seriya raqami**

Original atirlarda seriya raqami va shtrix-kod ham qadoqning o‘zida, ham flakonida bo‘ladi. Bundan tashqari, bu ma’lumot flakonga yoki nozik shaffof stikerga yozilishi mumkin.

**Qopqoq**

Flakon qopqog‘i ham soxta mahsulotlarni aniqlashda muhim rol o‘ynaydi. Original atirning qopqog‘i yuqori sifatli, chidamli va flakonga mahkam o‘rnashgan bo‘ladi. Soxta parfyumeriya esa odatdagidan ancha yengil va juda zaif qopqoqqa ega bo‘lishi mumkin.

**Atirning hidi va uning qancha saqlanib qolishiga e’tibor bering**

Atirni do‘kondan olishdan oldin uni yaxshilab tekshiring. Soxta atirning hidi originalga o‘xshash bo‘lsa-da, u yuqori, o‘rta va asosiy notalar orqali ochilmaydi. Soxta atir ishlab chiqaruvchilar qimmat xomashyoga pul sarflamagani sababli, bu atirlarning hidi o‘xshash bo‘ladi va uzoq vaqt saqlanib qolmaydi. Agar flakonning pastki qismida g‘alati cho‘kma yoki qandaydir suspenziya bo‘lsa, uni sotib olmagan ma’qul. Original atirni tekshirishning yana bir usuli — flakonni silkitish. Silkitganda soxta atirlardagi pufakchalar bir zumda, originalida esa ko‘proq vaqtdan keyin yo‘qoladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.