Layfstayl

“O‘rgimchak odam” filmi yulduzi Endryu Garfild kinoni butunlay tark etishini ma’lum qildi

"O‘rgimchak odam" filmining mashhur aktyori Endryu Garfild kino faoliyatini butunlay yakunlash niyatida ekanligini e’lon qildi.

Amerikalik taniqli aktyor Endryu Garfild Variety nashriga bergan intervyusida ishdan nihoyatda charchaganini va kino olamini butunlay tark etish haqida o‘ylayotganini ma’lum qildi.

Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda uning ish jadvali juda tig‘iz bo‘lgan va u deyarli dam olmagan.

"Bu yil juda ko‘p ishladim. Loyihalar ketma-ket kelgani sababli bir yilga yaqin vaqtim syomka maydonchalarida o‘tdi. Albatta, odamlar bu mehnatlarimni ko‘rishini xohlayman, shu sababli jurnalistlar bilan gaplashishga to‘g‘ri kelyapti. Buni tushunaman. Ammo ixtiyorim o‘zimda bo‘lganida, hamma narsani tashlab, Somerset grafligining bir chekkasiga ko‘chib o‘tgan bo‘lardim. U yerda tinchgina yog‘och yo‘nib, qushlarni tomosha qilib yashardim", deydi Garfild.

Aktyor ilgari faqat "O‘rgimchak odam" rolini o‘ynashni orzu qilganini, biroq hozir hayotga bo‘lgan qarashlari o‘zgarganini ta’kidladi. U endi asosiy e’tiborini oilasi, yaqin do‘stlari va o‘zining ruhiy xotirjamligiga qaratmoqchi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.