Texnologiya

Orbitaga chiqqan yangi sunʼiy yoʻldosh Yerning ilk suratlarini yubordi

Yevropaning Copernicus Sentinel-3C sunʼiy yoʻldoshi uchirilganidan atigi ikki hafta oʻtib, Yerning dastlabki suratlari va oʻlchov maʼlumotlarini yubordi. Ilk tasvirlarda Italiya, Kanada Arktikasi va Karib havzasi aks etgan.

Orbitaga chiqarilgan yangi sunʼiy yoʻldosh Yerning dastlabki suratlarini uzatdi

Yevropa kosmik agentligi — ESA bergan maʼlumotga koʻra, tasvirlar va oʻlchovlar apparatdagi ikkita asosiy asbob yordamida olingan. Natijalar ularning ishlashini tasdiqladi, biroq sunʼiy yoʻldoshni toʻliq ishga tayyorlash uchun yana qariyb besh oy kerak boʻladi.

Sentinel-3C — Sentinel-3 turkumidagi uchinchi apparat. U okeanlar, quruqlik, muzliklar va atmosfera holati haqida uzoq muddatli ekologik maʼlumotlar yigʻishni davom ettiradi.

Birinchi suratda Italiya tabiiy ranglarda aks etgan. Kadr Germaniyaning janubiy hududlaridan Sitsiliya va Oʻrta Yer dengizining janubiy qismigacha boʻlgan hududni qamrab olgan.

Tasvir markazidan biroz yuqoriroqda Italiyaning muhim qishloq xoʻjaligi hududi — Po daryosi vodiysi koʻrinadi. Uning yashil va qoʻngʻir maydonlari shimoldagi qorli Alp choʻqqilari bilan keskin farqlanadi.

Sharqda Adriatika dengizi Apennin yarimorolini Bolqondan ajratib turadi. Italiyaning sharqiy qirgʻogʻi bo‘ylab suvning ochroq koʻk tusda koʻrinishi, ehtimol, daryolar dengizga olib kelgan choʻkindi moddalar bilan bogʻliq.

Gʻarbda esa Tirren dengizining toʻq rangli suvlari, Sardiniya va Sitsiliya orollari ko‘rinadi. Korsikaning katta qismi bulutlar ostida qolgan.

Ikkinchi surat Grenlandiya gʻarbidagi Kanada Arktika arxipelagining bir qismini namoyish etadi. Qor va muz bilan qoplangan orollar, chuqur fordlar hamda ochilib qolgan qoyalar murakkab tabiiy manzara yaratgan.

Ochiq suvning toʻq yuzasida parchalangan muz boʻlaklari ham ko‘rinadi. Arktikadagi muz va suv holatini kuzatish qutb hududlarida yuz berayotgan oʻzgarishlarni tushunish uchun muhim.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.