Dunyo

Oramizdagi qahramon: Vladivostokda közi ojiz juftlikka 10 yildan beri kömaklaşayotgan özbek haydovçisi hikoyasi

Buxorolik 53 yoşli Jamol Jörayev 11 yildan beri Rossiyaning Vladivostok şahrida avtobus haydaydi. U bir işni öziga odat qilib olgan: 10 yildan beri közi ojiz er-xotinga avtobusga çiqiş va tuşişda yordam beradi. Haydovçi bu işni biror mukofot yoki minnatdorçilik uçun qilmaydi.

**Oramizdagi qahramon: Vladivostokda ko‘zi ojiz juftlikka 10 yildan beri yordam berayotgan o‘zbek haydovchisi hikoyasi**

Mahalliy aholi uning bu ishlarini insoniylikning eng yuksak ko‘rinishi deb baholab, shahar ma’muriyatiga o‘zbekistonlik haydovchini taqdirlashni so‘rab murojaat qilgan. “Odam odamga yordam bersin. U dunyoda sizga shu yaxshilikning savobi kerak bo‘ladi”, – deydi u Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

Jamol Jo‘rayev hozir 53 yoshda. U Rossiyaning Vladivostok shahrida 7-yo‘nalishdagi avtobusda yo‘lovchi tashiydi. Har kuni ertalab ishga chiqib, belgilangan yo‘nalish bo‘ylab qatnaydigan haydovchining hayotida boshqalarnikidan ajralib turadigan bir odat bor. U qariyb o‘n yildan buyon ko‘zi ojiz er-xotinga avtobusga chiqish va tushishda muntazam yordam berib keladi.

Uning aytishicha, juftlik odatda Nekrasovskaya bekatidan avtobusga chiqib, Selxoz yoki Pokrovsk parki tomonga yo‘l oladi. Ularning har ikkisi ham ko‘rish imkoniyatidan mahrum. Shu sababli jamoat transportidan foydalanishda boshqalarning ko‘magiga ehtiyoji bor. Haydovchi esa ularni bekatda ko‘rishi bilan avtobusdan tushadi, transportga chiqishiga yordam beradi va o‘rindiqlariga joylashtiradi. Manzilga yetgach, tushishlari uchun ham ko‘maklashadi.

“11 yildan beri shu yerda ishlayotgan bo‘lsam, shunchadan beri bir-birimizni taniymiz. Ismim Jamol desam, ular ham biladi. Avtobusdan tushaman, borib ularni olib kelaman, joyiga o‘tqazaman. Shuncha yil yordam berib kelgan bo‘lsam, aynan shu safar internetga tushib qolibman”, – deydi Jamol Jo‘rayev.

U bu ishni favqulodda yoki alohida e’tirofga loyiq harakat deb hisoblamaydi. Uning uchun yordamga muhtoj insonga ko‘maklashish hayotning oddiy bir qoidasiga aylangan.

**“Rus ayoli shahar ma’muriyatiga yozgan”**

Jamol Jo‘rayevning hikoyasi keng tarqalishiga mahalliy ayollardan biri sabab bo‘lgan. Uning ko‘zi ojiz yo‘lovchilarga ko‘maklashayotganini ko‘rgan rossiyalik ayol bu holatdan ta’sirlanib, shahar ma’muriyatiga murojaat qilgan. U o‘zbek haydovchisining insoniyligini e’tirof etish zarurligini aytgan.

“Rus ayoli administratsiyaga yozibdi. 'Sizlar o‘zbeklarni yomon ko‘rasizlar, ammo qaranglar, ular qanday odamgarchilik qilyapti', degan mazmunda yozibdi”, – deydi Jamol Jo‘rayev.

Murojaatdan keyin Jo‘rayevning bu ezgu harakatlari Vladivostokda e’tirof etilib, unga shahar rahbari nomidan minnatdorchilik bildirilgan va esdalik sovg‘asi topshirilgan.

“Odam odamga yordam bersin. Dushmaningiz bo‘lsa ham, unga yaxshilik qiling. U dunyoda sizga shu yaxshilikning savobi kerak bo‘ladi. Shuning uchun bu hayotda yaxshilik qilish kerak”, – deydi Jamol Jo‘rayev.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.