Mahalliy

O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash tartibi qanday?

Qonunchilikka ko‘ra, talabaning bir oliy ta’lim tashkilotidan boshqasiga o‘qishini ko‘chirishiga muayyan holatlarda ruxsat beriladi. Jumladan, talaba turmush qurganida turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilishi mumkin.

O‘qishni bir oliy ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish yoki qayta tiklash qanday amalga oshiriladi?

Hozirgi qoidalarga ko‘ra, talabalarga o‘qishini bir oliy ta’lim tashkilotidan boshqasiga, birinchi navbatda, mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat beriladi.

Agar ma’lum bir hududda mos yoki turdosh ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lmasa, belgilangan sharoitlarda turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishiga ham o‘qishni ko‘chirish imkoniyati mavjud.

Xususan, bunga quyidagi holatlarda ruxsat beriladi:

* Talaba turmush qurganligi sababli turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim tashkilotiga o‘qishini ko‘chirish uchun ariza berganida;

* Davlat organi xodimining ish joyi tegishli vazirlik yoki idora tomonidan boshqa hududga o‘zgartirilganda, uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi tegishli vazirlik yoki idora rahbarining tavsiyasi asosida o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganida.

Bundan tashqari, oliy ta’lim tashkilotlari, tizimida OTM mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda O‘zbekiston ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qarorlari asosida talabalar o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash mumkin.

Ushbu tartib Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan "Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom"da belgilangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.