Texnologiya

OpenAI va yana 100 dan ortiq kompaniya SI dan himoyalanishga chaqirdi

Sunʼiy intellekt (SI) sohasida ishlaydigan 100 dan ortiq kompaniya, jumladan, Google, Microsoft, OpenAI va Anthropic barcha davlatlar va tashkilotlarni oʻz kiberxavfsizligini kuchaytirishga chaqirib, ochiq xat imzoladi.

OpenAI va 100 dan ortiq boshqa tashkilotlar sunʼiy intellekt (SI) tahdidlaridan himoyalanishga chaqiruvchi maktubga imzo chekishdi.

Maktub mualliflarining taʼkidlashicha, bu himoya choralari sunʼiy intellekt ularni chetlab oʻtishga qodir boʻlmasidan oldin amalga oshirilishi shart. Ushbu chaqiriqqa Capital One, MasterCard, Visa, Oracle va IBM kabi yirik kompaniyalar ham qoʻshilgan.

Maktubda yaqin oylar ichida sunʼiy intellekt yordamida amalga oshiriladigan kiberhujumlar soni va murakkabligi ortib borishi kutilayotgani qayd etilgan. Mualliflarning fikricha, hozirgi xavfsizlik choralari bu tahdidlarga qarshi yetarli boʻlmaydi.

"Kiberxavfsizlikni yaxshilash uchun vaqtimiz cheklangan", — deya ogohlantirishdi ular. Xususan, maktub mualliflari xavfsizlik tizimlarini SI texnologiyalari yordamida takomillashtirishga undamoqda. Ular hukumatlarni kiberxavfsizlikni kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirishga, sohaga koʻproq sarmoya kiritishga va muhim korxonalarga bunday hujumlardan himoyalanish uchun SI tizimlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etishga chaqirmoqda.

Soʻnggi paytlarda sinov jarayonida SI agentlarining nazoratdan chiqib, boshqa kompaniyalarga buzib kirish holatlari koʻpaygan. Xabarlarga koʻra, OpenAI neyron tarmogʻi Modal va Hugging Face platformalarini buzib kirgan. Shuningdek, Anthropic kompaniyasining Claude modeli uchta kompaniyaning maʼlumotlariga noqonuniy kirishga muvaffaq boʻlgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.