Mahalliy

“Open byudjet” uchun majburiy ovoz yig‘ish holatlari haqida xabar berish so‘raldi

“Open byudjet” uchun majburiy ovoz yig‘ish holatlari haqida xabar berish so‘raldi.

Davlat mehnat inspeksiyasi “Open byudjet” loyihasi doirasida majburiy ovoz yig‘ish holatlari yuzasidan fuqarolarni xabar berishga chaqirdi.

Inspeksiya “Open byudjet”da majburiy ovoz berishga jalb etilayotgan byudjet tashkiloti xodimlaridan bu haqda 1176 qisqa raqami orqali ma’lumot berishlarini so‘radi.

Inspeksiya xodimlarni majburiy tarzda ovoz yig‘ish yoki ovoz berishga jalb qilish mehnat qonunchiligiga zid ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51-moddasiga muvofiq, mehnatga biron bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘lishini eslatdi.

“Hurmatli ish beruvchilar! Agar xodimlarni majburiy ravishda ovoz yig‘ishga yoki ovoz berishga jalb qilganingiz aniqlansa, loyiha “Tashabbusli byudjet” jarayonidan chetlatilishi mumkin. Mas’ul shaxslar esa belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi”, deyiladi xabarda.

“Tashabbusli byudjet” doirasida saralashdan o‘tgan loyihalarga ovoz berish bosqichi 21-avgust soat 23:59 da boshlangan bo‘lib, mazkur jarayon 31-avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi. Ovoz berish evaziga pul mukofoti va’da qiluvchi norasmiy Telegram botlari ko‘paygani sababli Iqtisodiyot va moliya vazirligi ogohlantirish bilan chiqib, mukofotlar uchun emas, o‘zgarishlar uchun ovoz berishga chaqirib, firibgarlar tuzog‘iga tushib qolish ehtimolidan ogohlantirgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.