
«Omadsiz» Husanov
Bu mumtoz qahramonning taqdiri bugun o‘zbek futbolining yorqin yulduzi Abduqodir Husanovning hayotiy hikoyasini eslatadi. Bir vaqtlar mahalliy «Bunyodkor» klubining asosiy tarkibiga kira olmagan, «ehtiyojdan tashqari» deb baholangan ushbu «omadsiz» futbolchi hozirga kelib sayyoramizning eng kuchli klublaridan biri — Angliyaning «Manchester Siti» jamoasida o‘ynamoqda.
2031-yilga qadar uzaytirilgan shartnomaga binoan, Abduqodir yiliga 7,5 million yevro maosh oladi. Bu oyiga taxminan 625 000 yevro, haftasiga 144 000 yevro, kuniga esa qariyb 20 500 yevrodan ortiq mablag‘ degani.
Taqqoslash uchun: «Bunyodkor» klubining o‘rtacha futbolchisi oyiga taxminan 25 million so‘m oladi. Demak, bugun transfer qiymati 50 million yevroga baholanib, Osiyoning eng qimmat himoyachisi sifatida tan olinayotgan Husanov sobiq jamoadoshlaridan aniq 340 marta ko‘proq daromad topadi.
Abduqodir o‘z vaqtida «Bunyodkor»ning asosiy tarkibiga kirganida, ehtimol, hozir ham mahalliy chempionatimizda o‘rtamiyona o‘yin ko‘rsatib, o‘zi o‘rgangan va moslashgan «komfort zonasi»da yurgan bo‘larmidi, xuddi savodi bo‘lganida cherkovdan nariga o‘ta olmagan Albert Forman kabi.

