Mahalliy

Oltinsoyda haydovçini taʼqib qilgan YPX xodimiga xizmat tekşiruvi tayinlandi

Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida ortidan YPX xodimi quvgan haydovçi YTH sodir qildi: xodimning töxtaş haqidagi işorasiga böysunmay harakatni davom ettirgan Captiva haydovçisi Gentra bilan töqnaşgan. Hodisa yuzasidan YPX xodimiga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlandi.

Oltinsoyda haydovchini taʼqib qilgan YPX xodimiga xizmat tekshiruvi tayinlandi

Oltinsoyda yuz bergan YTH bo‘yicha tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.

Maʼlum qilinishicha, 2026-yil 18-oktabr kuni soat 8:20 larda Oltinsoy tumani Yangi qurilish mahallasida xizmat vazifasini bajarayotgan YPX inspektori haydovchilik huquqiga ega bo‘lmagan shaxs boshqaruvidagi va qonuniy to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay harakatni davom ettirgan Captiva avtomobili ortidan xizmat mashinasida kuzatib borgan.

Shu vaqtda Captiva haydovchisi malakasizligi sababli asosiy yo‘ldan harakatlanib kelayotgan Gentra avtomobili yo‘liga chiqib ketib, YTH sodir etgan. Oqibatda, Gentra haydovchisi tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Oltinsoy tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, Surxondaryo viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Gentra haydovchisining akasi mashinada 5 kishi bo‘lganini, jarohatlanganlar holidan hech kim xabar olmaganini, mashinaga ham jiddiy zarar yetganini aytgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.