Mahalliy

Oltiariq tumanida kuchli shamol oqibatida gaz quvuri uzilib ketdi

Hodisa natijasida 60 ta xonadonning tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatilgan.

Oltiariq tumanida kuchli shamol sabab gaz quvuri uzilib ketdi

Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida kuchli shamol oqibatida gaz quvuri uzilib tushdi.

Hodisa 4-oktabr kuni Oltiariq tumani «Boʻston» MFY Amir Temur koʻchasida yuz bergan.

Diametri 76 mm boʻlgan oʻrta bosimli keltiruvchi gaz quvurining avtomobil yoʻli ustidan oʻtgan arkali qismi kuchli shamol taʼsirida uzilib, yerga qulagan.

Avariyani bartaraf etish brigadasi yoʻlga tushgan gaz quvuri qismini kesib olib, xavfsiz joyga joylashtirgan.

Voqea sabab 60 ta xonadonning tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.