Mahalliy

Olti oyda 18 nafar IIV xodimi xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etdi

Olti oy ichida 18 nafar IIV xodimi xizmat vazifasini bajarish jarayonida halok bo‘ldi. Toshkent shahrida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Ramazon Ashropov joriy yilning 6 oyi davomida halok bo‘lgan va jarohatlangan xodimlar haqida statistik ma’lumotlarni taqdim etdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2026-yilning o‘tgan 6 oyi davomida 18 nafar ichki ishlar organi xodimi o‘z xizmat vazifasini bajarish jarayonida vafot etgan. Shuningdek, 78 nafar ichki ishlar organi xodimi xizmat vazifasini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan.

Vazirlik rahbariyati nomidan halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirildi. Ularning ko‘rsatgan jasorati va xizmatlari beqiyos ekanligi, xotiralari esa mangu yashashi alohida ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun, 2025-yilda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida 6 nafar xodim vafot etib, 131 nafari jarohatlangan edi. Ularning soni 6 oyda 3 baravar oshgan.

Joriy 2026-yilning 25-fevral kuni tungi xizmat vaqtida Mirobod tumani Nukus ko‘chasida transport vositasini olib qochib, yuqori tezlikda harakatlangan voyaga yetmagan shaxs YPX inspektori Hosilbek Eshnazarovni urib yuborgan edi. U uch kun davomida ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, 27-fevral kuni shifoxonada vafot etdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.