Mahalliy

Olot tumanida 8,5 milliard so‘mlik zamonaviy sayilgoh barpo etilmoqda (foto)

Yangi sayilgoh «Amu-Buxoro» kanalining «Xalifa» va «Jayxunobod» mahallalari hududidan o‘tuvchi qismida qurilmoqda

Olot tumanida 8,5 milliard so‘mlik zamonaviy sayilgoh qurilmoqda (foto)

Buxoro viloyatining Olot tumanida infratuzilmani yangi bosqichga olib chiqadigan yirik loyiha ishga tushdi. «Amu-Buxoro» kanalining «Xalifa» va «Jayxunobod» mahallalari hududidan o‘tadigan qismida yangi sayilgoh barpo etilmoqda.

Olot tumani hokimligi mas’ul xodimi Shahobjon Sharopovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, ushbu ishlar uchun 8 milliard 510 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Bunyodkorlik ishlari «Vobkent mukammal qurilish» MChJ ishchi va mutaxassislari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Rejaga muvofiq, kanalning 3 kilometrlik sohili obodonlashtirilib, chiroyli hordiq maskaniga aylantiriladi. Bu yerda manzarali daraxtlar ekiladi, piyodalar va velosipedlar uchun yo‘laklar, bolalar hamda sport maydonchalari quriladi, zamonaviy yoritish va sug‘orish tizimlari o‘rnatiladi. Yangi ko‘prik qurilib, kanal atrofi xavfsiz hududga aylantiriladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.