Mahalliy

Olmaotadan Urganchga muntazam aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi

Olmaotadan Urganchga muntazam aviaqatnovlar boshlandi

Qozog‘istonning FlyArystan aviakompaniyasi Olmaota—Urganch yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ydi.

Parvozlar haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Olmaotadan Urganchga uchish vaqti 2 soat 35 daqiqani tashkil etadi.

Ilk reys bilan Xorazmga Qozog‘istonning 10 ta turistik kompaniyasi vakillari keldi. Ular uchun uch kunlik infotur tashkil etilmoqda. Dastur doirasida mahalliy turoperatorlar ishtirokida B2B uchrashuvlar va workshop’lar o‘tkaziladi.

Shuningdek, mehmonlar Xorazmning tarixiy-madaniy obidalari hamda viloyatning turistik salohiyati bilan tanishadi. Qayd etilishicha, bunday infoturlar Xorazmning Qozog‘iston turizm bozori uchun imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.