Mahalliy

Olmaliqdagi “Oydin” dehqon bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

Olmaliq shahridagi “Oydin” dehqon bozorida yong‘in sodir bo‘ldi.

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ma’lum qilishicha, 30-avgust kuni ertalab soat 05:18 da Olmaliq shahridagi “Oydin” dehqon bozorida yong‘in boshlangani haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari yong‘inni soat 07:12 da to‘liq o‘chirgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda tadbirkorlar va fuqarolar o‘z mollari va jihozlarini xavfsiz joyga ko‘chirishga urinayotgani aks etgan.

Eslatib o‘tamiz, 4-iyul kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi “O‘rikzor” bozorida ham yong‘in sodir bo‘lib, oziq-ovqat do‘konining taxminan 150 kvadrat metr maydoni yonib ketgan edi. Aprel oyida esa Chilonzor tumanidagi Toshkent katta halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida joylashgan “Beshqo‘rg‘on” bozoridagi do‘konlardan birida yong‘in chiqqan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.