Mahalliy

Olmaliqdagi bozorda katta yongʻin sodir boʻldi

Bugun tongda Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi Oydin dehqon bozorida katta yongʻin chiqdi. Kun.uz obunachilari tomonidan yuborilgan videolarda bozordagi bir nechta rasta yonayotgani aks etgan.

Olmaliqda joylashgan bozorda ulkan yongʻin kelib chiqdi.

Voqea joyi atrofida bir nechta oʻt oʻchirish va tez yordam mashinalari koʻzga tashlandi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kun.uz'ga maʼlumot berishicha, 30-avgust kuni ertalab soat 05:18 da Toshkent viloyati FVBga Olmaliq shahridagi «Hamza» mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan «Oydin dehqon bozori»da yongʻin boshlangani haqida xabar kelib tushgan.

Xabarda aytilishicha, «xabarga asosan, yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yongʻinni qurshab olgan va soat 07:12 da toʻliq oʻchirgan».

Vazirlik hodisa natijasida tan jarohati olganlar haqida hech qanday maʼlumot kelib tushmaganini bildirdi. Hozirda yongʻinning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.