Mahalliy

Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etishning yangi tartibi belgilandi

Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazishning yangi tartibi belgilandi

Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish hamda iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tartib joriy etildi. Hukumatning 17-sentyabrdagi qarori bilan tegishli nizom tasdiqlandi.

Unga muvofiq, respublika fan olimpiadalari ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqich oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat talabalari o‘rtasida, ikkinchi bosqich esa vazirlik tomonidan belgilangan tayanch oliy ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladi. Har bir bosqichda 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan talabalar keyingi bosqichga tavsiya qilinadi.

Olimpiada ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish, jarayonlarni monitoring qilish va natijalarni ochiq e’lon qilish uchun yagona elektron axborot tizimi yuritiladi. Musobaqalar videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan auditoriyalarda o‘tkaziladi. Olimpiada vaqtida aloqa vositalari va qo‘shimcha manbalardan foydalanishga ruxsat berilmaydi.

Natijalar musobaqa o‘tkazilgan kunning o‘zida e’lon qilinadi. Natijadan norozi bo‘lgan ishtirokchilar ham shu kunning o‘zida apellyatsiya komissiyasiga yozma murojaat qilishi mumkin.

Respublika fan olimpiadalari g‘oliblari bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi. 1-o‘rin sohibiga 50 BHM, 2-o‘rin sohibiga 40 BHM, 3-o‘rin sohibiga 30 BHM miqdorida mukofot beriladi. Ularning ustozlariga esa mos ravishda 25, 20 va 15 BHM miqdorida pul mukofoti to‘lanadi.

Xalqaro olimpiadalarda mukofotlar miqdori yuqoriroq bo‘ladi. 1-o‘rin uchun talabaga 100 BHM, 2-o‘rin uchun 75 BHM, 3-o‘rin uchun 50 BHM beriladi. G‘oliblarni tayyorlagan ustozlarga mos ravishda 50, 40 va 30 BHM miqdorida bir martalik mukofot to‘lanadi.

Bundan tashqari, xalqaro olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan ustozlarga lavozim maoshining 100 foizi, respublika fan olimpiadasining II bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan ustozlarga esa 50 foizi miqdorida har oylik ustama belgilanishi nazarda tutilgan.

Olimpiadalarni tashkil etish, nazorat materiallarini ishlab chiqish, iqtidorli talabalar zaxirasini shakllantirish va tashkiliy jarayonlarni muvofiqlashtirish vazirlik huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, O‘zbekiston talabalari ishtirok etishi lozim bo‘lgan nufuzli xalqaro olimpiadalar ro‘yxati vazirlik tomonidan tasdiqlanib, har yili yangilanadi. Xalqaro olimpiadalarda qatnashadigan terma jamoalarni saralash va maqsadli tayyorlash alohida reglament asosida amalga oshiriladi.

Oliy ta’lim tashkilotlari, davlat organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan holda qo‘shimcha fan olimpiadalarini tashkil etish imkoniyati ham belgilandi.

Shuningdek, 2027-yil 1-yanvarga qadar kimyo va biologiya fanlaridan talabalar o‘rtasida xalqaro fan olimpiadalarini tashkil etish choralari ko‘riladi.

Chegirma davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagoglar farzandlariga tatbiq etiladi. Agar pedagogning bir nechta farzandi davlat OTMda to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan bo‘lsa, chegirma har bir farzand uchun alohida qo‘llanadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.