Texnologiya

Olimlar plastikdan pechenye yaratdi

**Olimlar qayta ishlangan plastikdan pechenye tayyorladi**

Janubiy Illinoys universiteti tadqiqotchilari qayta ishlangan plastikdan pechenye yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

NASA tomonidan moliyalashtirilgan ushbu g‘ayrioddiy ixtiro, birinchi navbatda, uzoq muddatli kosmik missiyalar uchun mo‘ljallangan.

Tadqiqotchilar plastik idishlar tarkibidagi elementdan foydalangan holda, uni uglerodga boy molekulalarga ajratishdi. So‘ngra, maxsus o‘zgartirilgan achitqilar yordamida bu molekulalar oqsillar, yog‘lar va boshqa ozuqaviy moddalarga aylantirildi. Hosil bo‘lgan massa 3D-printer yordamida pechenye shakliga keltirildi.

Olimlarning o‘zlari hali bu pechenyeni tatib ko‘rishmagan, chunki buning uchun maxsus ruxsatnoma talab etiladi. Shunga qaramay, ular pechenyening hidi allaqachon yuqori baholanganini ta’kidlashmoqda. Hozirda bunday pechenyening bir kilogrammi taxminan 60 dollarga tushmoqda, ammo kelajakda uni arzonlashtirish rejalashtirilgan.

Ushbu texnologiya nafaqat kosmosda, balki olimlarning fikricha, quyidagi joylarda ham oziq-ovqat ishlab chiqarishning samarali usuli bo‘lishi mumkin:

* suvosti kemalarida;

* tabiiy ofat hududlarida;

* boshqa favqulodda sharoitlarda.

Istiqbolda bu texnologiya bir vaqtning o‘zida ikkita global muammoni – plastik chiqindilarni qayta ishlash va oziq-ovqat tanqisligini hal qilishga yordam berishi mumkin.

Xabarda keltirilishicha, 2050-yilga borib dunyoda oziq-ovqatga bo‘lgan talab 35 foizdan 56 foizgacha oshishi kutilmoqda. Kelajakda yer yuzidagi aholining taxminan 30 foizi ochlik xavfi ostida qolishi mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.