Mahalliy

Ohangaronda MCHJ rahbari 83,5 ming dollar olayotganda ushlandi

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida parrandachilik fabrikasi qurilishida bosh pudratchi boʻlgan MCHJ rahbari yordamchi pudratchiga 1,2 mlrd soʻmlik qoldiq toʻlovni amalga oshirish evaziga 83,5 ming dollar talab qilganlikda gumonlanib ushlandi.

Ohangaronda MCHJ rahbari 83,5 ming dollarni olayotgan paytda qo‘lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Ohangaron tumanida faoliyati yo‘lga qo‘yilayotgan parrandachilik fabrikasi qurilishi bo‘yicha bosh pudratchi sifatida belgilangan MCHJ rahbari joriy yil aprel oyida boshqa bir MCHJ bilan obyektning ichki yo‘llarini asfaltlash yuzasidan 3,7 mlrd so‘mlik shartnoma imzolagan.

Yordamchi pudratchi shartnomada ko‘rsatilgan ishlarni bajargan. Shundan keyin bosh pudratchi kelishilgan mablag‘ning 2,5 mlrd so‘mini uning hisob raqamiga o‘tkazgan, qolgan 1,2 mlrd so‘mni esa to‘lamagan.

DXX maʼlumotida qayd etilishicha, bosh pudratchi MCHJ rahbari yordamchi pudratchiga asfaltlash ishlarini topshirgani va qolgan 1,2 mlrd so‘mni to‘lab berishi evaziga korxona taʼsischisidan jami 83,5 ming AQSH dollari talab qilgan.

DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda MCHJ rahbari so‘ralgan 83,5 ming dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.