Mahalliy

Ohangaron tumanida oʻqituvchi dars paytida oʻquvchining yuziga urdi. Video

Ohangaron tumanida oʻqituvchi dars paytida oʻquvchining yuziga urdi. Video

Ohangaron tumanidagi maktabda matematika oʻqituvchisi dars paytida oʻquvchining yuziga urdi. Hodisa aks etgan video sotsial tarmoqlarda tarqaldi. Viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi yuz bergan holatga munosabat bildirdi.

Idora maʼlumotlariga koʻra, hodisa 21 oktyabr kuni Ohangaron tumanidagi 15-sonli maktabning matematika darsida sodir boʻlgan. Vziyat oʻsha kunning oʻzidayoq nazoratga olingan. Hozirda ichki ishlar organlari xodimlari va boshqa idoralar ishtirokida tekshiruv oʻtkazilmoqda.

Dastlabki tekshiruv yakunlariga koʻra, 7 «A» sinfidagi dars paytida pedagog oʻquvchilardan birining yuziga bir necha bor urganligi aniqlangan. shuningdek, u ilgari ham ushbu oʻquvchiga nisbatan qoʻpol munosabatda boʻlgani haqidagi maʼlumot tekshirilmoqda. Nizoning barcha ishtirokchilari harakatlariga huquqiy baho beriladi.

Avvalroq sotsial tarmoqlarda oʻqituvchi dars paytida bolaning yuziga bir necha bor urgani aks etgan video paydo boʻlgan edi. Hodisa Namangan viloyatida sodir boʻlgan, viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi ham xizmat tekshiruvini boshlagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.