Mahalliy

Ohangaron togʻlarida adashgan besh kishi yarim tunda topildi

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida togʻga dam olish uchun chiqqan besh nafar fuqaro adashib qoldi. «Qamchiq» maxsus qutqaruv boshqarmasi xodimlari ularni tungi soat 00:31 da topib, xavfsiz hududga olib tushdi.

Ohangaron togʻlarida adashib qolgan besh nafar kishi yarim tunda topildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumotiga koʻra, 4-oktabr kuni soat 19:37 da «112» tizimi orqali Ohangaron tumanining Chinor mahallasi hududidagi togʻlarda besh kishi adashib qolgani haqida xabar kelib tushgan.

Murojaatga asosan «Qamchiq» maxsus qutqaruv boshqarmasining «Beshqoʻl» navbatchilik qismi qutqaruvchilari qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan.

Qidiruv ishlari natijasida fuqarolar 5-oktabrga oʻtar kechasi soat 00:31 da topilgan. Ularning barchasi togʻdan xavfsiz hududga olib tushilib, yashash manzillariga joʻnatilgan.

FVV fuqarolarni togʻli hududlarga chiqqanda xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qilishga chaqirdi. Shuningdek, ob-havo sharoitini hisobga olish va safar yoʻnalishini oldindan belgilab olish zarurligini eslatdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.