Dunyo

“Odisseya” Universal tarixidagi eng kassabop filmga aylandi

“Odisseya” Universal tarixidagi eng kassabop filmga aylandi

Kristofer Nolan rejissyorligida suratga olingan “Odisseya” filmi Universal Pictures kinostudiyasi tarixida eng ko‘p daromad keltirgan film bo‘ldi.

“Odisseya” — Kristofer Nolanning eng muhim filmi haqida

114 yil avval tashkil etilgan kinokompaniya bu xabarni 12-sentyabr, shanba kuni ma’lum qildi. O‘sha paytda filmning AQShdagi yig‘imlari 601,2 million dollarga, butun dunyo bo‘ylab esa 1,083 milliard dollarga yetgani aytilgan edi. Shu tariqa, filmning umumjahon kassasi rekord darajadagi 1,68 milliard dollarni tashkil etdi.

“Kris [Nolan] va Emma [Tomas] yaratgan asar kinematografiya tarixidagi eng hashamatli va benuqson ishlangan filmlardan biri sifatida tarixga kiradi. Bu butun bir kinoixlosmandlar avlodini ilhomlantiradigan hodisadir”, deya izoh berdi NBCUniversal Entertainment direktorlar kengashi raisi Donna Lengli.

“Odisseya” yaqinda, prokatining sakkizinchi haftasida, kassada yana birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, ushbu loyiha Nolan faoliyatidagi eng muvaffaqiyatli filmga aylandi va 1 milliard dollar to‘plagan ilk komiks ekranizatsiyasi — uning “Qora ritsar: Afsonaning qaytishi” kartinasini ortda qoldirdi.

Bundan tashqari, “Odisseya” tarixda R reytingiga ega eng kassabop film, shuningdek, IMAX formatidagi eng daromadli kinokartina bo‘ldi.

“Odisseya” jahon prokatiga 17-iyul kuni chiqdi. Gomer dostoniga asoslangan film Odisseyning Troya urushidan keyin uyiga qaytishi haqida hikoya qiladi.

Filmda Mett Deymon (Odissey), Enn Heteuey (Penelopa, Odisseyning rafiqasi), Tom Holland (Telemax), Robert Pattinson (Antinoy), Elliot Peyj (Sinon), Lupita Niongo (Go‘zal Yelena), Zendeya (ma’buda Afina), Sharliz Teron (nimfa Kalipso), Benni Safdi (Agamemnon) va Mia Got (Melanfo) rol ijro etgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.