Mahalliy

“Odamlarimiz chetga chiqib ishlashiga zarurat qolmaydi” — Shavkat Mirziyoyev

“Xalqimizning chet elda ishlashiga hojat qolmaydi” — Shavkat Mirziyoyev

Joriy yilda yalpi ichki mahsulotni 180 milliard dollardan, eksportni esa 40 milliard dollardan oshirish maqsadi qo‘yildi. Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha asosiy vazifalarni belgilab berdi.

“Biz 40 million aholiga ega xalqmiz. Xalqimiz hayotini yanada yaxshilash uchun yuqori iqtisodiy o‘sishni saqlab qolishimiz zarur”, dedi davlat rahbari.

Joriy yilda yalpi ichki mahsulotni 180 milliard dollardan, eksportni 40 milliard dollardan oshirish maqsadida tadbirkorlarga yuqori daromadli ish o‘rinlari, qo‘shilgan qiymat va tashqi bozorlarni kengaytirish uchun barcha sharoitlar yaratiladi.

Ta’kidlanishicha, Toshkentda eksportga yo‘naltirilgan biznes, Andijon, Farg‘ona va Namanganda to‘liq zanjirli to‘qimachilik va mashinasozlik, Samarqand, Buxoro va Xorazmda turizm, kreativ industriya va agrosanoat brendlari yangi o‘sish nuqtalari bo‘lishi kerak.

Navoiy va Toshkent viloyatlarida tog‘-kon, metallurgiya va kimyo, Qashqadaryo va Surxondaryoda agrosanoat va neft-gaz kimyosida uzun qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratish vazifasi qo‘yildi. Qoraqalpog‘istonda “yashil” energetika, AT va sun’iy intellekt iqtisodiy drayverga aylantiriladi.

Jizzax va Sirdaryoda avtomobilsozlik, elektrotexnika va qurilish materiallari bo‘yicha raqobatbardosh klasterlar rivojlantiriladi.

“Ana shunda xalqimizning chet elda ishlashiga hojat qolmaydi, Yangi O‘zbekiston tadbirkorlari yangi rivojlanish bosqichiga chiqadi. Ishonchim komil, bunga kuchimiz ham, imkoniyatimiz ham, salohiyatimiz ham yetadi!”, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot yakunida yangi avlod tadbirkorlari shakllanayotganini e’tirof etib, ularni har doim qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini qat’iy ta’kidladi.

“Sizlar bilan gaplashib, bir narsaga amin bo‘ldim. Yurtimizda zamonaviy fikrlaydigan, o‘z biznesini kengaytirish uchun yangilikka intilayotgan yangi avlod tadbirkorlari shakllanmoqda. Hech qachon oldinga intilishdan, o‘sishdan, rivojlanishdan, yangilik qilishdan to‘xtamang! Sizlarning ortingizda doimo qo‘llab-quvvatlaydigan kuchli davlat, huquq va manfaatingizni himoya qiladigan qonun, tashabbus va maqsadlaringizni ro‘yobga chiqarishda yelkadosh bo‘lgan prezident bor!”, dedi davlat rahbari.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.