Mahalliy

Obi Rahmatda topilgan o‘q uchlari Markaziy Osiyo tarixini qaytadan yozishi mumkin

Taxmin qilinganidan 35 000 yil qadimiyroq

Obi Rahmatdan topilgan o‘q uchlari Markaziy Osiyo tarixini qayta yozishi mumkin

O‘zbekiston shimoli-sharqidagi Tyan-Shan tog‘larida, 1,2 km balandlikda aniqlangan qadimiy o‘q uchlari ilm-fanning Markaziy Osiyodagi Homo sapiens tarixi haqidagi tasavvurlarini tubdan o‘zgartirishi mumkin, deb yozmoqda.

2025-yilgi tadqiqot chog‘ida olimlar Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani hududida joylashgan Obi Rahmat yodgorligining tarixiy qatlamlarini o‘rganar ekan, neandertallar tarixiga mos kelmaydigan, biroq undan keyingi davrlarga oid Homo sapiens topilmalarini eslatuvchi o‘q uchlari topilganini ma’lum qilgan. Ushbu topilma Homo sapiens Markaziy Osiyoda 80 000 yil avval yashaganidan dalolat berishi mumkin. Ya’ni odamlar bu hududga avval taxmin qilinganidan qariyb 35 000 yil oldinroq kelgan.

«Ushbu kashfiyot otiladigan qurollarni yasashning murakkab texnologiyasi zamonaviy odamlar Yevropada mustahkam o‘rnashib olishidan ancha avval Markaziy Osiyoda paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkinligidan dalolat beradi. Bu esa insoniyat migratsiyasi tarixidagi muhim bobni qaytadan yozish imkonini beradi»,

— deya ta’kidlashmoqda tadqiqot mualliflari.

Obi Rahmat yodgorligining eng qadimgi qatlamlarida topilgan uch burchakli mikrolitik uchliklar o‘lchamlari neandertallar uslubidagi nayza uchidan ancha kichik. Ular bu yerdagidan taxminan 25 000 yil keyingi davrga mansub Fransiyaning Rona vodiysidagi Homo sapiens tomonidan yasalgan kichik o‘q uchlariga mos keladi.

Obi Rahmatda topilgan o‘q uchlarining kengligi taxminan 1,2 sm bo‘lib, og‘irligi atigi bir necha gramm. Ular dunyo bo‘ylab boshqa joylarda, jumladan, Janubiy Afrikada topilgan 77 000 yillik tarixga ega o‘q uchlariga o‘xshab ketadi.

Tadqiqot mualliflarining fikriga ko‘ra, ushbu topilma Homo sapiens neandertallar hududiga yetib kelganida o‘q-yoy — kamon bilan qurollangani haqidagi xulosani tasdiqlaydi. Turli joylardan topilgan mikrouchliklarning o‘xshashligi esa shunchaki tasodif emas.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.