«Oʻzbektelekom» toʻqqiz oda ichida sof foydasini 4,3 baravarga oshirdi
«Oʻzbektelekom»ning 2026 yilning toʻqqiz oyidagi sof foydasi 329,7 foizga oʻsib, 1,4 trillion soʻmga yetdi, tushum esa 12,7 foizga oshib, 8,7 trillion soʻmni tashkil etdi.

«Oʻzbektelekom» toʻqqiz oda sof foydasini 4,3 baravarga oshirdi
«Oʻzbektelekom» AJ sof foydasi 2026 yilning toʻqqiz oyi yakunlariga koʻra 329,7 foizga oʻsib, 1,4 trln soʻmni tashkil etdi, yaʼni 4,3 baravarga oshdi. Bu haqda openinfo.uz axborotni ochiqlash portali xabar bermoqda.
Uchinchi chorakda, iyuldan sentyabrgacha, kompaniyaning sof foydasi 484,0 mlrd soʻmga yetdi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 55,5 foizga koʻpdir.
Toʻqqiz oda yalpi foyda 2,7 trln soʻmdan 3,5 trln soʻmgacha oshdi. Asosiy faoliyatdan olingan foyda 48,4 foizga — 1,2 trln soʻmdan 1,8 trln soʻmgacha oʻsdi. Kompaniyaning sof tushumi bir yil ichida 12,7 foizga koʻtarilib, 8,7 trln soʻmni tashkil etdi.
«Oʻzbektelekom» aktivlari 34,2 foizga oʻsib, 17,9 trln soʻmga yetdi. Kapital 51,3 foizga koʻpayib, 4,3 trln soʻmni tashkil etdi. Taqsimlanmagan foyda 329,7 foizga oʻsib, 1,4 trln soʻmga yetdi.
Kompaniyaning uzoq muddatli bank kreditlari toʻqqiz oda 7,2 trln soʻmdan 8,5 trln soʻmgacha oshdi.

