“Oʻzbekneftgaz”da gaz qazib chiqarish qariyb 10 foizga pasayadi
Kompaniya 2026-yil yakuni boʻyicha gaz qazib chiqarish hajmi 22,8 mlrd kub metrni tashkil etishini maʼlum qildi. Bu – oʻtgan yilga qaraganda 9,5 foizlik pasayish demakdir. Yanvar oyida taqdimot qilingan rejaga koʻra, “Oʻzbekneftgaz” 2026-yilda 25,4 mlrd kub metr gaz qazib olishi kerak edi.

“Oʻzbekneftgaz”da gaz qazib chiqarish qariyb 10 foizga kamayadi
“Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi 2026-yilda 22,8 mlrd kub gaz qazib chiqarishi kutilmoqda. Bu haqda kompaniya raisining birinchi oʻrinbosari Suhrob Hamroyev 6-oktabr kuni davlat rahbari huzuridagi yigʻilishdan soʻng “Oʻzbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.
“Yil yakuniga 22,8 mlrd kub gaz qazib chiqariladi va boshqa sanoat mahsulotlarimiz ham 100 foiz reja bilan bajarilishi taʼminlanadi”, – dedi Hamroyev.
Uning soʻzlari gaz qazib chiqarish rejasi goʻyoki 100 foiz bajarilayotgandek taassurot uygʻotishi mumkin, biroq aslida yanvar oyida eʼlon qilingan rejali koʻrsatkichga koʻra, 2026-yilda “Oʻzbekneftgaz” kamida 25,4 mlrd kub metr gaz qazib chiqarishi lozim edi.
Maʼlumot uchun, “Oʻzbekneftgaz” 2025-yilda 25,2 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib chiqargani haqida hisobot bergan.

