«Oʻzbekneftgaz» 2,6 trln soʻm dividend hisobladi — ilgari bunday natija boʻlmagan
«Oʻzbekneftgaz» toʻqqiz oy davomida oʻzi ulushga ega boʻlgan korxonalardan 2,6 trln soʻm dividend hisobladi. Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, uning amaliyotida ilgari bunday hajmdagi toʻlovlar boʻlmagan. Natija aktivlarni boshqarish samaradorligini oshirish va «Oʻzbekneftgaz» ishtirokidagi korxonalardan moliyaviy daromadning oʻsishi bilan bogʻliq. Kompaniya oʻz xabarida oʻtgan yilning shu davrida qancha dividend hisoblanganini ochiqlamadi […]

«Oʻzbekneftgaz» 2,6 trln soʻm dividend hisobladi — ilgari bunday natija boʻlmagan
Toʻqqiz oy davomida «Oʻzbekneftgaz» oʻzi ulushga ega boʻlgan korxonalardan 2,6 trln soʻm dividend hisobladi. Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, uning amaliyotida ilgari bunday hajmdagi toʻlovlar kuzatilmagan.
Bunday natija aktivlarni boshqarish samaradorligining oshishi va «Oʻzbekneftgaz» ishtirokidagi korxonalardan moliyaviy qaytimning oʻsishi bilan bogʻliq. Shu bilan birga, kompaniya oʻz xabarida oʻtgan yilning shu davrida qancha dividend hisoblanganiga aniqlik kiritmagan.
Bundan tashqari, toʻqqiz oy davomida 1,9 trln soʻm iqtisod qilishga erishildi. Xarajatlarni qisqartirish rejasi 111,5 foizga bajarildi.
Ushbu davrda kompaniya tomonidan jami 41,8 trln soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Eksport 736,7 mln dollarni, investitsiyalar 790 mln dollarni tashkil etdi, byudjetga esa 6,9 trln soʻm soliq va boshqa majburiy toʻlovlar yoʻnaltirildi.
Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev neft-gaz tarmogʻini rivojlantirish rejalari bilan tanishgan edi. Taqdimotda maʼlum qilinishicha, yil boshidan buyon mamlakat hududlarida 80 ta quduq, jumladan, chuqur quduqlar burgʻilangan. Ularning ayrimlari 6 ming metr va undan ortiq chuqurlikka yetadi. Yil yakuniga qadar yana 40 ta quduqni burgʻilash rejalashtirilgan.

