Oʻzbekistonning qaysi hududida eng ko‘p kredit ajratilgani maʼlum qilindi

Oʻzbekistonda eng koʻp kredit qaysi hududga ajratilgani maʼlum bo‘ldi
O‘zbekistonda banklar tomonidan berilgan kreditlarning 45 foizi Toshkent shahri ulushiga to‘g‘ri keladi. Bu haqdagi maʼlumot Markaziy bank xabarida keltirilgan.
2026-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, banklardagi jami kredit qoldig‘i 644,63 trln so‘mdan oshgan. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davridagiga nisbatan 68,4 trln so‘mga ko‘paygan.
Hududlar kesimida biznes va aholiga eng ko‘p kreditlar Toshkent shahrida ajratilgan — 292,8 trln so‘m. Bir yil avval bu ko‘rsatkich 286,4 trln so‘m bo‘lgan. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona (28,4 trln so‘m), Toshkent (27,6 trln so‘m) va Samarqand (27,5 trln so‘m) viloyatlarida ajratilgan kreditlar ulushi nisbatan yuqori.
Qolgan hududlarda kredit qoldig‘i quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 22 trln so‘m;
Andijon viloyati — 30,3 trln so‘m;
Buxoro viloyati — 28,56 trln so‘m;
Jizzax viloyati — 21 trln so‘m;
Qashqadaryo viloyati — 30,2 trln so‘m;
Navoiy viloyati — 24 trln so‘m;
Namangan viloyati — 33,3 trln so‘m;
Surxondaryo viloyati — 24,7 trln so‘m;
Sirdaryo viloyati — 21 trln so‘m.
Biroq Xorazm viloyatiga oid raqamlar keltirilmagan.
Umumiy hisobda kreditlar qoldig‘ining 404,8 trln so‘mi tadbirkorlar, 239,8 trln so‘mi aholi hissasiga to‘g‘ri keladi. Yanvar—iyul oylarida korxonalar kredit qarzdorligi 5,5 foizga, jismoniy shaxslarniki esa 8,9 foizga oshgan.
Avvalroq banklarga qaytarish muddati o‘tib ketgan kreditlar keskin ortgani xabar qilingandi.

