Mahalliy

Oʻzbekistonning oʻnta gʻori speleoturizmni rivojlantirish dasturiga kiritildi

Oʻzbekistonning toʻrtta viloyatidagi oʻnta gʻor speleoturizm uchun istiqbolli obʼyektlar roʻyxatiga kiritildi. Ular uchun pasportlar va 3D-modellar yaratiladi, joylarda navigatsiya koʻrsatkichlari oʻrnatiladi, shuningdek, xavfsiz sayohat talablari ishlab chiqilib, gidlar tayyorlanadi.

Oʻzbekistonning oʻnta gʻori speleoturizmni rivojlantirish dasturiga kiritildi

Oʻzbekistonda 2027 yilning martiga qadar speleoturizm obʼyektlarining yagona elektron reyestrini yaratish rejalashtirilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasining 30 sentyabrdagi, 2 oktyabrdan kuchga kirgan qarorida koʻzda tutilgan.

Reyestrga obʼyektlarning geografik joylashuvi, ularning turistik salohiyati, texnik holati va huquqiy maqomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.

Obʼyektlar uchun turistik pasportlar tayyorlanadi, navigatsiya koʻrsatkichlari oʻrnatiladi, elektron xaritalar va ulardan foydalanish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. Obʼyektlarni targʻib qilish uchun foto va videomateriallar, shuningdek, diqqatga sazovor joylar haqida maʼlumot beruvchi 3D-modellar va QR-kodlar yaratiladi.

Speleoturizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega obʼyektlar roʻyxatiga quyidagilar kirdi:

Speleoturizm obʼyektlari uchun yagona xavfsizlik talablari ishlab chiqiladi, evakuatsiya sxemalari va qutqaruv xizmatlari bilan hamkorlik qilish koʻzda tutiladi.

Gidlar va yoʻriqchilar uchun oʻqitish va malaka sertifikatini berish, shuningdek, muntazam ravishda malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.

Shuningdek, xalqaro speleologiya tashkilotlari bilan hamkorlik qilish va qoʻshma ekspeditsiyalar oʻtkazish koʻzda tutilgan. Olingan maʼlumotlarni yagona elektron bazaga kiritish rejalashtirilmoqda.

Parallel ravishda obʼyektlarning ekologik monitoringi olib boriladi. Gʻorlarning ekologik holatini muntazam baholash, antropogen yuklamani kuzatib borish va turizmning atrof-muhitga salbiy taʼsirini oldini olish choralarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.