Oʻzbekistonning 114 ta muzeyiga 8 sentyabrgacha bepul tashrif buyurish mumkin (turistlardan tashqari)
Oʻzbekistonda 8 sentyabrgacha har yilgi Muzeylar haftaligi boʻlib oʻtmoqda. Aholi davlat muzeylari, muzey-qoʻriqxonalar va uy-muzeylariga — jami 114 ta muassasaga bepul tashrif buyurishi mumkin. Bu aktsiya turistlarga taalluqli emas.

8 sentyabrgacha Oʻzbekistonda 114 ta muzeyga bepul tashrif buyurish mumkin, sayyohlar bundan mustasno
2 sentyabrdan 8 sentyabrgacha Oʻzbekistonda har yillik Muzeylar haftaligi boʻlib oʻtmoqda.
Madaniy meros agentligi ushbu davrda agentlik tizimidagi barcha 114 ta davlat muzeyiga, jumladan, muzey-qoʻriqxonalar va uy-muzeylariga kirish bepul boʻlishini maʼlum qildi. Aktsiya xorijlik sayyohlarga tatbiq etilmaydi.
«Muzeylar haftaligi — mamlakatimiz tarixi, sanʼati va milliy merosi bilan tanishish, shuningdek, noyob eksponatlar va qadimiy obidalar haqida koʻplab yangi maʼlumotlarni bilib olish uchun ajoyib imkoniyatdir», — deya taʼkidladi idora.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston davlat muzeylariga har oyning birinchi yakshanbasida bepul tashrif buyurish mumkin.

