Mahalliy

Oʻzbekistonliklar 8-avgustga qadar barcha muzeylarga tekin kiradi

2-sentabrdan 8-sentabrga qadar davom etadigan muzeylar haftaligi doirasida oʻzbekistonliklar uchun madaniy meros agentligi tizimidagi davlat muzeylari, muzey-qoʻriqxonalar hamda uy-muzeylariga kirish tekin boʻladi. Bepul kirish imkoniyati boʻlgan muzeylar soni 114 tani tashkil etadi.

Oʻzbekistonliklar 8-avgustga qadar barcha muzeylarga tekin kiradi

Joriy yil 2-sentabridan 8-sentabriga qadar Madaniy meros agentligi tizimidagi davlat muzeylari, muzey-qoʻriqxonalar hamda uy-muzeylarida “Muzeylar haftaligi” tashkil etiladi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu haftalik davomida agentlik tizimidagi jami 114 ta davlat muzeyi va muzey-qoʻriqxonalariga oʻzbekistonliklar bepul tashrif buyurishlari mumkin.

“Ushbu haftalik tarix, sanʼat va milliy merosimiz bilan yaqindan tanishish, noyob eksponatlar va qadimiy yodgorliklar haqida yangi maʼlumotlarga ega boʻlish uchun ajoyib imkoniyat”, - deyiladi rasmiy xabarda.

Agentlik barchani mazkur haftalik davomida tashkil etilayotgan ochiq eshiklar kuniga taklif etgan.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda muzeylar haftaligi 2014-yildan beri har yili 2-8 avgust kunlari oʻtkazib kelinadi. Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, haftalik doirasida aholining shu kunlari davlat muzeylariga bepul kirishi belgilangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.