Sport

Oʻzbekistonlik yosh shaxmatchilar Ispaniyadan beshta medal olib kelishdi

Oʻzbekistonlik yosh shaxmatchilar Ispaniyadan beshta medal olib kelishdi

Oʻzbekistonlik yosh shaxmatchilar Ispaniyada boʻlib oʻtgan 7 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan oʻyinchilar oʻrtasidagi FIDE World Championships shaxmat boʻyicha jahon chempionatida beshta medalni qoʻlga kiritishdi. Terma jamoa hisobida — bitta oltin, uchta kumush va bitta bronza mukofoti bor.

13 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida Lazizabonu Komiljonova jahon chempioni boʻldi. U oʻz yosh toifasida birinchi oʻrinni egalladi.

Yana uch nafar Oʻzbekiston vakili kumush medal sovrindori boʻldi. Sayfuddin Erkinboyev 9 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar oʻrtasida, Sarvinoz Begmuratova — U13 qizlar oʻrtasida, Akbar Mustafaqulov esa — U11 oʻgʻil bolalar oʻrtasida ikkinchi oʻrinni egalladi.

11 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi bronza medalni Husnoraxon Husnitdinova qoʻlga kiritdi.

Terma jamoaning boshqa ishtirokchilari ham munosib natijalarni koʻrsatishdi. Aminabonu Zohirova 9 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida beshinchi oʻrinni egalladi, Fazliddin Farhodov esa ushbu yosh toifasidagi oʻgʻil bolalar oʻrtasida yettinchi boʻldi.

Avvalroq oʻzbekistonlik yetti yoshli shaxmatchi Muhammadyusuf Bahromov maksimal 9 ochkodan 8 ochko jamgʻarib, maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi Osiyo chempionatining oltin medalini qoʻlga kiritgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.