Oʻzbekistonlik yosh shaxmatchi maktab oʻquvchilari oʻrtasida Osiyo chempioni boʻldi

Oʻzbekistonlik yosh shaxmatchi maktab oʻquvchilari oʻrtasida Osiyo chempioni boʻldi
Oʻzbekistonlik yetti yoshli shaxmatchi Muhammadyusuf Bahromov maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi Osiyo chempionatining oltin medalini qoʻlga kiritdi. U oʻz yosh toifasida imkoniyatli 9 ochkodan 8 ochko jamgʻardi.
Hal qiluvchi toʻqqizinchi turda Muhammadyusuf Vladimir Karayevni magʻlub etdi va 8 ochko bilan oʻz yosh toifasidagi oʻgʻil bolalar oʻrtasida Osiyo chempioniga aylandi.
Maktab oʻquvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha 20-Osiyo chempionati 1–11 oktyabr kunlari Tula viloyatida boʻlib oʻtmoqda. Musobaqada 13 ta davlatdan, jumladan, Oʻzbekiston, Hindiston, Xitoy, Eron, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Shri-Lankadan 7 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan 300 dan ortiq yosh shaxmatchilar ishtirok etmoqda.
Bundan avvalroq oʻzbekistonlik yosh shaxmatchi Husnoraxon Husnitdinova nufuzli FIDE Woman FIDE Master (WFM) — ayollar oʻrtasida sport ustasi unvonini qoʻlga kiritib, oʻzbek shaxmati tarixiga kirgan edi.

