Sport

Oʻzbekistonlik taekvondochilar Ispaniyadagi Jahon kubogida 17 ta medalni qoʻlga kiritishdi

Oʻzbekistonlik taekvondochilar Ispaniyadagi Jahon kubogida 17 ta medalni qoʻlga kiritishdi

Oʻzbekiston terma jamoasi Ispaniyaning Benidorm shahrida boʻlib oʻtgan taekvondo ITF boʻyicha Jahon kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Musobaqalarda 57 ta mamlakatdan 2,7 mingga yaqin sportchi qatnashdi, Oʻzbekiston sharafini esa 37 nafar atlet himoya qildi.

Oʻzbekistonlik sportchilar 17 ta medalni qoʻlga kiritishdi, umumjamoa hisobida esa terma jamoa oltinchi oʻrinni egallab, turnir yetakchilari qatoridan joy oldi.

Musobaqa yakunlariga koʻra, oʻzbekistonlik taekvondochilar beshta oltin, toʻrtta kumush va sakkizta bronza medaliga sazovor boʻlishdi.

Yozda Oʻzbekiston terma jamoasi Seulda boʻlib oʻtgan taekvondo boʻyicha xalqaro turnirda ham 12 ta medalni qoʻlga kiritgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.