Oʻzbekistonlik mutaxassislar mehmonxona menejmenti boʻyicha Avstriya standartlari asosida oʻqitiladi

Oʻzbekistonlik mutaxassislar mehmonxona menejmenti boʻyicha Avstriya standartlari asosida oʻqitiladi
Oʻzbekistonlik mutaxassislar va trenerlar mehmonxona biznesini boshqarishning zamonaviy usullari boʻyicha Avstriya standartlari asosida tayyorlanadi. Tegishli kelishuv Vena shahrida Oʻzbekiston Kasbiy taʼlim agentligi va Avstriyaning IMC Krems amaliy fanlar universiteti tomonidan imzolandi.
Mutaxassislarni tayyorlash Chortoq tumanidagi 1-sonli texnikum hamda Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi bazasida tashkil etiladi.
Tashrif davomida Oʻzbekiston delegatsiyasi Avstriyaning kasbiy taʼlim tizimi bilan ham tanishdi. Xususan, tomonlar dual taʼlim modeli, texnik kollejlarni moliyalashtirish mexanizmlari, mutaxassislar tayyorlashda ish beruvchilarning ishtiroki va bitiruvchilarni keyinchalik ishga joylashtirish masalalarini muhokama qildilar.
Bundan avval Oʻzbekiston 2026–2027 yillarda MDH Turizm boʻyicha kengashiga raislik qilishi xabar berilgan edi. Respublika soha uchun malakali kadrlar tayyorlashni va sohaviy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirishni ustuvor vazifalar qatorida belgilab oldi.

