Dunyo

Oʻzbekistonlik ayol toʻydan keyinoq 100 ming dollarlik tillalarni olib, turkiyalik kuyovdan qochib ketdi

Oʻzbekistonlik ayol turk fuqarosi bilan toʻyidan keyin 100 ming dollarlik tillalarni olib gʻoyib boʻldi

Turkiyada uch kunlik toʻydan keyin Oʻzbekiston fuqarosi gʻoyib boʻldi. Erining soʻzlariga koʻra, u bilan birga taxminan 5 million liralik (104 ming dollar) tilla taqinchoqlar va mobil telefon ham yoʻqolgan. Keyinchalik ayolning oʻzi politsiyaga kelib, ayblovlarni rad etdi va uydan zoʻravonlik hamda tahdidlar tufayli ketganini maʼlum qildi.

Toʻy 18 avgust kuni Mugʻla viloyatining Milas tumanida boʻlib oʻtdi va uch kun-u uch kecha davom etdi. Tantanalar doirasida anʼanaviy moyli kurash musobaqalari oʻtkazildi. Ularni tashkil etish uchun kuyovning ota-onasi qariyb 1,5 million lira sarfladi, gʻolibga mukofotni esa kelinning oʻzi topshirdi.

Tantanalar yakunlangach, ayol uyni tark etgan. Eri politsiyaga murojaat qilib, xotini oʻzi bilan birga taxminan 5 million liralik tilla taqinchoqlar, 300 ming lira naqd pul va mobil telefonni olib ketganini maʼlum qilgan.

Shundan soʻng politsiya qidiruv ishlarini boshladi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari avtobus yoʻnalishlari va mehmonxonalar maʼlumotlari orqali ayolning qayerdaligini aniqlashga harakat qilishdi.

Keyinchalik u oʻzi politsiya mahkamasiga kelgan. Oʻz bayonotida ayol eri aytgan barcha mol-mulkni olib ketganini rad etdi. Uning soʻzlariga koʻra, ketgan kuni u onasining uyiga yoʻl olgan va oʻzi bilan faqat 20 ta tilla tanga va 226 ming lira naqd pul olgan. Ayol, shuningdek, eri tomonidan zoʻravonlik va tahdidlarga uchraganini daʼvo qildi. U turmush oʻrtogʻi va qaynotasi ustidan shikoyat arizasi yozib, dalil sifatida yozishmalarning skrinshotlarini politsiyaga topshirdi.

Eri esa, oʻz navbatida, zoʻravonlik ayblovlarini rad etdi va xotini hamda uning otasi tomonidan haqorat va tahdidlarga uchraganini maʼlum qildi.

Koʻrsatma berganidan keyin ayol qoʻyib yuborildi. Tergov davom etmoqda, huquq-tartibot idoralari xodimlari voqea tafsilotlarini va yoʻqolgan tilla taqinchoqlarning taqdirini aniqlashtirmoqda.

«Oybek» postida rentgen tekshiruvi davomida fuqaro ayol 180,8 gramm taqinchoqlarni intim sohasiga yashirib, olib oʻtmoqchi boʻlgani aniqlandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.