Oʻzbekistonga sakkiz oyda 54,8 ming dona elektromobil import qilindi

Oʻzbekistonga sakkiz oyda 54,8 ming dona elektromobil olib kelindi
2026-yil yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonga jami qiymati 614,44 million dollarlik 54 826 dona elektromobil import qilindi. Bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, bu koʻrsatkich 2025-yilning shu davridagi 28 920 donaga nisbatan 89,63 foizga oshgan.
Sakkiz oy ichida xorijdan keltirilgan har bir elektromobilning oʻrtacha import narxi 11 207 dollarni tashkil etdi. Bir yil avval esa elektrda harakatlanuvchi avtomobillarning bir donasi 12 389 dollardan tushgan edi. Demak, chetdan xarid qilingan elektromobillar soni ko‘paygan bo‘lsa-da, ularning narxi yil davomida 1 182 dollarga yoki 9,5 foizga kamaygan.
Oylar bo‘yicha eng ko‘p elektromobil iyulda — 8 875 ta, avgustda esa 8 076 ta import qilingan. Eng kam ko‘rsatkichlar yanvar oyida — 4 548 ta va fevralda — 5 152 ta qayd etilgan. Qolgan oylar kesimidagi raqamlar quyidagicha:
Mart — 6 662 dona;
Aprel — 6 716 dona;
May — 6 952 dona;
Iyun — 7 845 dona.
Avvalroq iyun oyida mamlakatda elektromobillar savdosi keskin oshgani xabar qilingandi. O‘sha oy davomida birlamchi va ikkilamchi bozorlarda 8,4 mingta elektromobil oldi-sotdi qilingan. Bu ko‘rsatkich may oyiga nisbatan qariyb 63,5 foizga yuqori bo‘lgan.

