Oʻzbekistonga eng koʻp tovuq goʻshti yetkazib beruvchi davlatlar qaysilar

Oʻzbekistonga tovuq goʻshtini eng koʻp qaysi davlatlar yetkazib bermoqda
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston 18 ta davlatdan umumiy qiymati 47,6 mln dollarga teng boʻlgan 39,8 ming tonna tovuq goʻshti import qilgan.
2025 yilning shu davriga nisbatan import hajmi 7,9 ming tonnaga yoki 24,8 foizga oshgan.
Ushbu davrda Oʻzbekistonga tovuq goʻshti yetkazib beruvchi eng yirik davlatlar qatoridan Turkiya — 10,2 ming tonna, Rossiya — 7,2 ming tonna va Xitoy — 5,2 ming tonna bilan joy oldi. Keyingi oʻrinlarda Belarus — 3,5 ming tonna va AQSh — 3,4 ming tonna bilan bormoqda. Boshqa davlatlar hissasiga 10,3 ming tonna import toʻgʻri keldi.
Avgust oyida butun respublika boʻylab parrandachilik sohasida 432 mln dollarlik loyihalar ishga tushirilishi maʼlum boʻlgan edi. Bu 2028 yilgacha qoʻshimcha 100 ming tonna parranda goʻshti ishlab chiqarish, omixta yem ishlab chiqarishni 3,3 mln tonnagacha oshirish va zamonaviy soʻyish quvvatlarini 20 foizdan 50 foizgacha kengaytirish imkonini beradi. Bu haqda Prezidentga chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirish hamda sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari taqdimotida soʻz yuritilgan edi.

