Oʻzbekistondagi xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni boʻyicha Xitoy yetakchilik qilmoqda
Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2026 yil 1 sentyabr holatiga koʻra 21 490 tani tashkil etdi, shundan 4 758 tasi qoʻshma korxona va 16 732 tasi xorijiy korxonadir, deb xabar berdi Milliy statistika qoʻmitasi 17 sentyabr kuni.

Oʻzbekistonda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni boʻyicha Xitoy yetakchilik qilmoqda
Soʻnggi besh yil ichida faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarning umumiy soni 1,7 baravarga oshdi, ularning umumiy sondagi ulushi esa 56,2 foizdan 77,9 foizgacha koʻpaydi.
Oʻzbekistonda xorijiy investitsiya ishtirokidagi eng koʻp korxonalar Xitoy investorlari tomonidan roʻyxatga olingan — 6 436 ta korxona. Keyingi oʻrinlarni Rossiya — 3 589 ta, Turkiya — 2 365 ta, Qozogʻiston — 1 345 ta, Koreya Respublikasi — 739 ta, Afgʻoniston — 725 ta, Ozarbayjon — 503 ta, Tojikiston — 483 ta, Birlashgan Arab Amirliklari — 464 ta va Hindiston — 446 ta korxona bilan egallab turibdi.
Faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 1 avgust holatiga koʻra 20 973 tani tashkil etgan boʻlsa, 1 sentyabr holatiga koʻra ularning soni 21 490 taga yetdi, bu esa 517 ta subʼyektga koʻpayganini anglatadi.

